Chiqindilarni boshqarish sohasidagi istiqbolli loyihalar
2026-04-30 17:55:00 / Yangiliklar

2026-yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buxoro va Surxondaryo viloyatlarida loyihalarning umumiy qiymati 630 mln AQШ dollari miqdoridagi qoʻshimcha 5 ta chiqindi yoqish zavodi qurilishiga tamal toshi qoʻyildi. Unga koʻra hozirda loyihalarning TIAsi ishlab chiqilib, chiqindilarni yetkazib berish bitimlari imzolandi.
Ushbu loyihalar natijasida yiliga 1,9 mln tonna qattiq maishiy chiqindi yoqiladi, 635 mln kVt elektr energiyasi ishlab chiqariladi hamda yangi ish oʻrnilari yaratiladi.
Shuningdek, Samarqand shahrida Turkiyaning “MT Makina” kompaniyasi bilan hamkorlikda umumiy qiymati 10 mln AQSH dollari boʻlgan chiqindilarni saralash va issiqxona gazlarini qayta ishlash loyihasi olib boriladi. Buning natijasida kuniga 500 tonna chiqindi saralanib, 100 ta yangi ish oʻrni yaratiladi.
Shu bilan birga, xorijiy hamkorlar ishtirokida 117 mln AQSH dollari qiymatidagi loyiha amalga oshirilib, yiliga 960 ming tonna cho‘kindi kuli qayta ishlanadi. Kelgusida tashabbuskorlar tomonidan hosil boʻladigan ushbu choʻkindi kullaridan qurilish materiallarini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish rejalashtirilgan.

