Tabiatni muhofaza qilish sohasidagi chora-tadbirlar koʻrib chiqildi
2026-04-30 17:05:00 / Yangiliklar

Tabiatni muhofaza qilish sohasidagi chora-tadbirlar koʻrib chiqildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida 30-aprel kuni tabiatni muhofaza qilish, ekologik barqarorlikni taʼminlash, chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflar taqdimoti boʻlib oʻtdi. Jarayonda chiqindilarni boshqarish sohasidagi ishlar ham atroflicha tahlil qilindi.
Xususan, Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi direktori Sharifbek Hasanov tomonidan chiqindilarni boshqarish sohasida amalga oshirilgan ishlar va ustuvor vazifalar yuzasidan hisobot berildi.
Chiqindilarni boshqarish sohasida 2025-yilda erishilgan natijalarga koʻra:
Mahallalar kesimida sanitar tozalash xizmati qamrov darajasi 88 foizga yetdi. Sohadagi islohotlar natijasida debitor qarzdorlik 9 foizga qisqardi. 2023-yilga nisbatan toʻlovlar 3 barobarga oshdi. Yillik tushum 1,5 trln soʻmga yetdi.
Natijada infratuzilma yaxshilandi:
Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tomonidan 38 ta motoroller (1,9 mlrd soʻm), 108 ta maxsus texnika (107 mlrd soʻm), 572 ta konteyner (2,2 mlrd soʻm) xarid qilinib, lizing shartlari asosida sanitar tozalash korxonalariga yetkazib berildi.
Chiqindi poligonlari tartibga keltirilmoqda:
132 ta chiqindi poligoni atrofi koʻkalamzorlashtirildi. 391 ming dona koʻchat ekilib, “yashil belbogʻ”lar tashkil etildi. 61 ta poligonda 34,1 km ichki yoʻllar taʼmirlandi. 47 ta poligon faoliyati toʻxtatildi.
Ekosanoat zonalari tashkil etilmoqda:
13 ta hududda 208,2 gektar ekosanoat zonasi hududlari belgilandi. 7 ta hududda viloyat hokimlarining qarorlari bilan 102,4 gektar Agentlik tasarrufiga oʻtkazib berildi.
2026-yildagi rejalar:
300 ta maxsus texnika, 80 ta motoroller, 600 ta konteyner sanitar tozalash korxonalariga lizing shartlari asosida yetkazib beriladi. Ushbu texnikalar bilan qoʻshimcha 125 ta mahallani qamrab olib, natijada qamrov darajasi mahalla kesimida 90 foizga yetkaziladi.
18 ta poligon rekultivatsiya qilinadi. 2026-yilda poligonlar 65 taga yaʼni 32,6 foizga hamda 2030-yilda 50 foizga qisqartiriladi.
Qayta yuklash stansiyalari qurilishi natijasida:
2026-yilgacha 28 ta qayta yuklash stansiyasi quriladi. Ularda yiliga 5 mln tonna (33,3%) chiqindi qabul qilinadi. Bunda poligonga bormasligi natijasida 15-20 foiz texnikalarning logistika xarajatlarini kamayadi.
- 1,5 mln tonna chiqindilar saralanib, qayta ishlash uchun yuboriladi.
- 90 ming tonna qolgan chiqindilar yoqib, energiya olinadi.
- 3,4 mln tonna poligonga joylashtiriladi.
2030-yilgacha 70 ta qayta yuklash stansiyasi quriladi. 17,2 mln tonna (100%) yiliga chiqindi qabul qilinadi. 25-35 foiz texnikalarning logistika xarajatlari kamayadi, chiqindilar poligonga bormaydi.
- 7,7 mln tonna chiqindi saralanib, qayta ishlash uchun yuboriladi.
- 5,5 mln tonna qolgan chiqindilar yoqib, energiya olinadi.
- 1,3 mln tonna kompostlash orqali organik oʻgʻit olinadi.
- 2,7 mln tonna poligonga joylashtiriladi.

