Hududlarda 14 ta chiqindilarni qayta yuklash stansiyasi barpo etiladi
2026-04-14 18:40:00 / Yangiliklar

Mazkur topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida hududlarda jami 14 ta chiqindilarni qayta yuklash stansiyasini barpo etish rejalashtirilgan. Jumladan, Andijon, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida 2 tadan, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, Navoiy, Samarqand, Surxondaryo hamda Xorazm viloyatlarida 1 tadan stansiya qurilishi ko‘zda tutilgan.
Ayni paytda mazkur obyektlarni qurish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Xususan, Andijon, Namangan, Farg‘ona hamda Surxondaryo viloyatlarida qurilish ishlari deyarli yakuniga yetkazilib, yakuniy bosqich ishlari olib borilmoqda.
Ma’lumot uchun:
Chiqindilarni qayta yuklash stansiyasi — bu sanitar tozalash korxonalari tomonidan olib kelingan maishiy chiqindilarni yig‘ish va qayta yuklashga mo‘ljallangan zamonaviy infratuzilma obyektlari hisoblanadi. Ushbu stansiyalarda chiqindilar maxsus uskunalar yordamida zichlanib, yirik sig‘imli konteynerlarga joylanadi hamda qayta ishlash yoki utilizatsiya (chiqindi yoqish) zavodlariga yuboriladi.
Mazkur tizimni joriy etish orqali:
- sanitariya tozalash korxonalarining transport xarajatlari kamayadi;
- chiqindi poligonlariga tushadigan yuklama qisqaradi;
- chiqindilarni qayta ishlash va utilizatsiya qilish samaradorligi oshadi.




