Rahbar qabulida fuqarolar murojaatlari ko‘rib chiqildi
2026-04-13 18:25:00 / Yangiliklar

Agentlik direktori tomonidan har dushanba kuni o‘tkaziladigan navbatdagi qabulda fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ko‘rib chiqildi.
Qabul davomida fuqaro Maroqand Obod DMga qarashli maxsus texnikalarni ta’mirlab bergani, biroq bajarilgan ishlar uchun belgilangan tartibda to‘lovlar amalga oshirilmaganidan norozi ekanini bildirdi. Ushbu murojaat ro‘yxatga olinib, mas’ul xodimlarga o‘rganish va qonuniy yechim topish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Shuningdek, yana bir fuqaro avval “Toza hudud” tashkilotida rahbar lavozimida ishlaganini, biroq lavozimidan asossiz ravishda ozod etilganini ma’lum qildi hamda masalaga huquqiy baho berilishini so‘radi.
Mazkur murojaatlar yuzasidan fuqarolarga amaldagi qonunchilik asosida huquqiy tushuntirishlar berildi va masala ijobiy hal etildi.


