Rasmiy munosabat
2026-04-11 11:15:00 / Rasmiy munosabat

Mazkur holat yuzasidan Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi ishchi guruhi tomonidan joyiga tezkor chiqilib, vaziyat atroflicha o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida chiqindilar yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan belgilanmagan joylarga tashlangani natijasida to‘planib qolgani aniqlandi. Hudud sanitar tozalash korxonalari xizmat ko'rsatish joriy reja-grafik ishlariga kiritilmaganiga qaramay, Agentlik tomonidan zarur choralar ko‘rildi.
Shu bilan birga, Agentlik huzuridagi kuzatuv kameralaridan foydalanish va nazorat qilish bo‘limi tomonidan hududga 24/7 rejimda ishlovchi zamonaviy kuzatuv kameralari o‘rnatish ishlari yo‘lga qo‘yilmoqda. Mazkur kameralar orqali belgilanmagan joylarga chiqindi tashlash bilan bog‘liq huquqbuzarliklarni aniqlash, ularning oldini olish hamda qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli choralar ko‘rish imkoniyati yaratiladi.
Mazkur holatga befarq bo‘lmay, atrof-muhit tozaligi masalalariga e’tibor qaratgan jamoatchilik faollariga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.
Hurmatli fuqarolar!
Atrof-muhitga mas’uliyatli bo'lish natijasida ekologik madaniyatni shakllantirish hamda yashash uchun qulay muhitni yaratish mumkin. Chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlamaslikka chaqiramiz.
Tozalikni saqlash — bu barchaning birgalikdagi sa’y-harakatlari hamda atrof-muhitga hurmat bilan munosabatda bo'lish demak!






