Rasmiy munosabat
2026-03-27 10:10:00 / Rasmiy munosabat

Chiqindilarni boshqarish agentligi holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi:
Mazkur murojaat Agentlik hamda Namangan viloyati hududiy boshqarmasi masʼullari tomonidan hududga biriktirilgan sanitar tozalash korxonasi vakillari ishtirokida alohida nazoratga olinib, o‘rganildi.
Jarayonda boshqarma binosida Yangi Namangan tumani, “Yangi Zamin” MFYda yashovchi murojaatchi fuqarolarga yagona billing tizimida “GPS” orqali chiqindi tashuvchi maxsus texnikalarning mahalla hududiga belgilangan muddatda kirib xizmat ko‘rsatgani isbotlab berildi. Biroq, shu vaqtlarda ushbu murojaatchilar xonadonida bo‘lmaganligi sababli ular maishiy chiqindilarini chiqarib berolmagani aniqlandi. Ushbu holatda murojaat yuzasidan qayta hisob-kitob qilish tartibi bilan mavjud to‘lovlar keyingi oylarga uzaytirilishi batafsil tushuntirildi.
Maʼlumot o‘rnida:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 95-son qarori bilan tasdiqlangan “Qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish” qoidalarining 34-bandiga muvofiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketishda xizmat ko‘rsatilmagan yoki tegishli bo‘lmagan xizmatlar ko‘rsatilganligi bo‘yicha faktlar aniqlangan holatlarda tasdiqlovchi dalolatnoma tuziladi.
Bunda isteʼmolchi, xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotning vakili, shuningdek, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari yoki xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati vakili dalolatnomani imzolashga haqliligi.
Isteʼmolchilar yuqoridagi dalolatnomani tasdiqlatib berganidan so‘ng, xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot tomonidan to‘lovlar qayta hisob-kitob qilib beriladi.
Agentlik murojaat uchun minnatdorlik bildirib, hududlardagi xizmat ko‘rsatish sifati bilan bog‘liq muammolarni alohida nazoratga oladi va to‘liqroq o‘rganishini ma’lum qilamiz. Yakuniy natijalar to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumot beriladi.



