“Chiqindisiz dunyo uchun!” — ommaviy plogging ekoaksiyasida faol ishtirok eting!
2026-03-27 15:20:00 / E'lon va tenderlar
Ekologiya qo‘mitasi huzuridagi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tomonidan “World Zero-Waste day” munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri hamda viloyatlarda keng jamoatchilik bilan birgalikda “Chiqindisiz dunyo uchun!” ommaviy plogging eko-aksiyasi tashkil etiladi.

Tadbir O‘zbekiston bo‘ylab joriy yilning 30-mart (dushanba) kuni soat 10:00da start oladi.
“Bir Vatanda, bir maqsadda — xalqaro chiqindisiz dunyo uchun!” shiori ostidagi ekotadbirda Siz ham faol ishtirok eting! O‘zimiz va kelajak avlodga xizmat qiladigan Ona tabiatimiz tozaligi va obodligi uchun do‘stlaringiz, oilangiz bilan birgalikda safimizda bo‘ling!
Ekoaksiya quyidagi hududlarda o‘tkaziladi:
- Toshkent viloyati va Toshkent shahri — Parkent tumani, Krasnogorsk hududi
- Sirdaryo viloyati — Guliston shahar buyuk kelajak MFY hududi;
- Jizzax viloyati — M-39 yo‘lining Zomin tumaniga ketish qismi hududi
- Samarqand viloyati — Samarqand shahri, hududi
- Navoiy viloyati — Navbahor tumani, “Oqtepa” dam olish maskani
- Buxoro viloyati — Buxoro shahri, “Somoniylar” istirohat bog‘ining eski qal’a devori bilan tutash hududi;
- Surxondaryo viloyati — Termiz shahri, Amusohil oromgohi;
- Xorazm viloyati — Urganch shahri, Yoshlar bog‘i
- Qashqadaryo viloyati — Qarshi shahridagi “Alisher Navoiy” nomidagi istirohat bog‘i
- Andijon viloyati — Bobur shahri hududi
- Namangan viloyati — Namangan shahri, Davlatobod tumani, “Porloq” MFY Yoshlar bog'i
- Farg‘ona viloyati — Farg‘ona shahri, “Satkak” dam olish ziyoratgohi;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi — Nukus shahri, Dоstlik kanali atrofi
Yurtimiz obodligiga hissa qo‘shing!
