Samarqand: Zamonaviy chiqindi tashuvchi maxsus texnikalar foydalanishga topshirildi
2026-03-18 10:20:00 / Yangiliklar

Jumladan, Samarqand viloyatining Urgut va Toyloq tumanlariga agentlikning budjetdan tashqari o‘z mablag‘lari hisobidan elektron motoroller hamda 8 ta m3 sig‘imli “Foton” rusumli maxsus texnikalar topshirildi.
Jarayonda Agentlik rahbariyati, hokimlik, hududiy boshqarmalar mutasaddilari va soha vakillari ishtirok etdi. Bunda Agentlik direktori Sharifbek Hasanov so‘z olib, sanitar xizmatlarda aholining roziligiga erishishda avvalo sanitar tozalash korxonalarining infratuzilma sharoitlarini yaxshilash muhim ahamiyat kasb etishini va bu borada bugun barcha imkoniyatlar yaratib berilayotganini ta’kidladi.
Bu kabi chora-tadbirlar Davlatimiz rahbarining 2025-yil 11-noyabrdagi 53-son bayoni ijrosi yuzasidan viloyatlar va Toshkent shahridagi bittadan tuman-shaharda aholi xonadonlaridan qattiq maishiy chiqindilarni motorollerlar orqali olib chiqib ketish bo‘yicha bir yil muddatga tajriba-sinov tizimi joriy yetish belgilandi.
Ma’lumot o‘rnida: Agentlik mablag‘lari hisobidan hududlarga yana 100dan ortiq maxsus texnika joriy yil mobaynida bosqichma-bosqich yetkazib berilishi rejalashtirilgan.









