Namanganda yer osti chiqindi saqlash majmuasi tashkil etildi
2026-03-15 14:00:00 / Yangiliklar

Ma'lumki, mamlakatimizda ekologik barqarorlik, atrof-muhit obodligi, hududlarning sanitar holati yaxshilanishiga alohida e'tibor qaratilmoqda. Xususan, shaharlar markazlarida aholi va mehmonlarga qulaylik yaratish barobarida aholi gavjum hududlarni yanada obodonlashtirish maqsadida qator loyihalar olib borilmoqda.
Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tashabbusi bilan avvalroq Samarqandda tashkil etilgan yarim yer osti chiqindi saqlovchi maxsus qutilar majmuasi endilikda Namangan viloyatida joriy etildi.
Bu yerda har biri 500 kilogram sig‘imga ega 6 ta chiqindi konteynerlarini yer ostiga o‘rnatiladi. Hozirda qurilmalarning uchtasi tayyor bo‘ldi. Yerosti chiqindi saqlash majmuasi 3 tonnagacha chiqindini jamlash imkoniyatiga ega. Yirik hajmdagi qutilar to‘lishi bilan maxsus qurilma avtomatik tarzda signal yuboradi va chiqindilar maxsus mashinada belgilangan poligonga olib ketiladi. Qolaversa, bunday majmualarni Yangi Namangan va Davlatobod tumanlariga ham o‘rnatish rejalashtirilgan.
Bu kabi chora-tadbirlardan maqsad aholidan to‘planadigan maishiy chiqindilarning atrofga sochilib ketmasligi, issiq kunlarda turli noxush hidlar tarqalishining oldini olish va fuqarolarga qulay shart-sharoit yaratishdan iboratdir.






