Zamonaviy texnikalar hududlar tozaligiga xizmat qiladi
2026-02-09 10:00:00 / Yangiliklar
Xabaringiz bor, Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tomonidan hududlardagi mas’ul operatorlar infratuzilmasini yaxshilash hamda aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, bu kabi chora-tadbirlar “Xorazm Gaz Payvandchilari” MCHJ sanitar korxonasi tomonidan investitsiya majburiyati va aholi roziligi yo‘lida Gurlan tumanida 1 ta zamonaviy maxsus chiqindi tashish texnikasi hamda 12 dona chiqindi konteyneri topshirildi.
Mazkur texnika va jihozlar hududlarda sanitar tozalash ishlari sifatini yaxshilash, qattiq maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqishga xizmat qiladi. Ayniqsa, Gurlan tumanidagi mahallalarda sanitar tozalash ishlarining samaradorligi sezilarli darajada oshishi kutilmoqda.



