Namanganda chiqindi masalalariga doir sayyor qabul o‘tkaziladi
2026-02-10 18:05:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 12-fevral (payshanba) kuni soat 11:00 da Ekologiya qo‘mitasi huzuridagi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi direktori Sharifbek Hasanov ishtirokida Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumani, “Isvaxon” MFY “Shodlik” madaniyat markazi binosida sayyor qabul bo‘lib o‘tadi.
Unda agentlik, viloyat hokimligi, viloyat Ekologiya va Chiqindilarni boshqarish boshqarmalari, mahallalar hamda mas’ul sanitar tozalash korxonalari vakillari ishtirok etadi.
Maʼlumot o‘rnida: bu kabi chora-tadbirlar “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi 445-son O‘zbekiston Respublikasi Qonuni hamda “Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi Namunaviy nizomni tasdiqlash haqida”gi 341-son Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori ijrosi yuzasidan olib borilmoqda.
