O‘zbekiston va Turkiya hamkorlik: Chiqindilarni qayta ishlashda yangi bosqich
2026-01-30 15:45:00 / Yangiliklar

Xususan, Ekologiya qo‘mitasi huzuridagi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi direktori Sharifbek Hasanov boshchiligidagi delegatsiya tomonidan Turkiyaning “MT Makina” kompaniyasi bilan chiqindilarni qayta ishlash va ularni boshqarish yo‘nalishida uskunalar ishlab chiqarish, saralash hamda qayta ishlash obyektlarini tashkil etish bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Unga ko‘ra Samarqand viloyatida umumiy qiymati 10 mln dollarlik loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.
Asosiy loyihalar 2026-2027-yillarga mo‘ljallangan bo‘lib, kuniga 500 tonna quvvatga ega chiqindilarni saralash stansiyasini qurish hamda yiliga 1000 dona maxsus texnika va konteyner ishlab chiqaruvchi zavodni mahalliylashtirish ko‘zlanmoqda.
Ushbu loyihalar natijasida 100 ta yangi ish o‘rni yaratiladi. Loyihaning umumiy faoliyat yuritish muddati 20 yil etib belgilanadi.
Ma’lumot uchun, “MT Makina” 20 yillik tajribaga ega bo‘lib, chiqindilarni boshqarishda zamonaviy texnologik yechimlarni taklif etadi.
Turkiyaga tashrif davomida hamkorlikni jadallashtirish nazarda tutilgan.



