“Dolzarb 20 kunlik” tozalik tadbirlari qizg‘in davom etmoqda
2026-01-05 19:00:00 / Yangiliklar
Xabaringiz bor, 2025-yil 20-dekabrdan 2026-yilning 10-yanvariga qadar respublika bo‘ylab “Dolzarb 20 kunlik” tozalik tadbirlari qizg‘in olib borilmoqda.

Bu borada Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligida respublika ishchi shtabi tashkil etilgan bo‘lib, tadbir davomida sanitar tozalash korxonalari tomonidan barcha hududlar qattiq maishiy chiqindilardan tozalanmoqda.
Jumladan, 15 kun davomida:
- Tozalash ishlariga 106 ta sanitar tozalash korxonasi jalb etildi;
- 53 235 ta MFY hududlari tozalandi;
- Jarayonlarga 29 428 ta maxsus texnika safarbar qilindi;
- Hududlar 208 165 tonna qattiq maishiy chiqindidan tozalandi.
Mahalla va aholi yashash hududlarini ozoda saqlash, bayram kunlari chiqindilar to‘planib qolishini oldini olish hamda chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda. Ushbu tozalik tadbirlaridan asosiy maqsadi — atrof-muhitni toza saqlash va ekologik vaziyatni yanada yaxshilashdan iborat.
Eslatib o‘tamiz, “Dolzarb 20 kunlik” tozalik tadbirlari 2026-yil 10-yanvarga qadar davom etadi.









