CITES CoP20 ishtirokchilari SamDUning ekologik salohiyati bilan tanishtirildi
2025-11-28 10:10:00 / Yangiliklar

Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan CITES CoP20 — yo‘qolib ketish xavfi ostidagi yovvoyi hayvonlar va o‘simliklar turlari bilan xalqaro savdo bo‘yicha konvensiyaning 20-yig‘ilishi doirasida mehmon ishtirokchilar hududning ekologik salohiyati bilan yaqin tanishtirilmoqda.
Jumladan, BMT huzuridagi BRS (Bazel, Rotterdam, Stokgolm) Konvensiyalari Ijrochi kotibi Dr. Rolf Payet hamda Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi direktori Sharifbek Hasanov bilan birgalikda Samarqand shahrida joylashgan Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetida bo‘lishdi.
Jarayonda martabali mehmonga universitetning ta’lim yo’nalishlari hamda unda talaba yoshlarning ilm olishi uchun yaratilgan sharoitlar, rivojlangan mamlakatlarning xalqaro dasturlari asosida hamkorlikda olib borilayotgan fundamental va amaliy xarakterdagi ilmiy tadqiqotlar yaqindan tanishtirildi.
Shuningdek, Markaziy Osiyoning yovvoyi o‘simlik va hayvonot olamini asrash, kamyob turlarni muhofaza qilish hamda mintaqaviy ekologik tashabbuslar bo‘yicha olib borilayotgan samarali ishlar haqida fikr almashildi.









