RADDIYA!
2025-11-27 18:55:00 / Rasmiy munosabat

Bugun, 27-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyatidagi chiqindixona yong‘inlari aholiga zarar yetkazayotgani aytilgan videoxabarlar tarqaldi.
Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi holat boʻyicha quyidagilarni maʼlum qiladi:
Murojaat shu kunning oʻzidayoq agentlik va uning huzuridagi “Chiqindi poligonlarini boshqarish direksiyasi” DM tomonidan joyiga chiqqan holda oʻrganildi. Mazkur chiqindi poligoni joriy yilning oktabr-noyabr oylarida tuproq qatlami bilan yopilib, toʻliq rekultivatsiya ishlari olib borilgan.
Jarayonda ushbu hududda hech qanday yonish yoki tutash holatlari aniqlanmadi.
Shu o‘rinda ijtimoiy tarmoq egalari va fuqarolardan tasdiqlanmagan hamda yolg‘on ma’lumotlarni tarqatmasliklarini so‘raymiz. Bu bo‘yicha qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlik mavjud ekanligini eslatib o‘tamiz.




