Samarqand 14 kunda salkam 500 tonna qattiq va maishiy chiqindidan tozalandi
2025-11-16 17:35:00 / Yangiliklar

Xabaringiz bor, 2025-yilning 30-oktabr — 13-noyabr kunlari Samarqand shahri Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha Birlashgan Millatlar Tashkiloti (UNESCO)ning Bosh konferensiyasi 43-sessiyasiga mezbonlik qildi.
Shu o‘rinda, 30-oktabrdan boshlab 14 kun davomida viloyat Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish boshqarmasi tomonidan “Maroqand Obod” sanitar tozalash korxonasi vakillari ishtirokida Samarqand shahri bo‘ylab kunduzgi va kechgi rejimda tozalik ishlari jadal olib borildi. Jarayonda 50 dan ortiq tozalik posbonlari qatnashib, 20ga yaqin maxsus texnika yordamida hudud jami 476 tonna qattiq maishiy chiqindidan tozalandi. Yakunda chiqindilar belgilangan tartibda poligonlarga joylashtirilib, bartaraf etildi.



