Yil boshidan beri O‘zbekistonda chiqindilarni belgilanmagan joyga tashlash bilan bog‘liq salkam 10 mingta holat aniqlandi
2025-11-12 15:35:00 / Yangiliklar

2025-yilning yanvaridan boshlab noyabrigacha O‘zbekistonda chiqindilarni belgilanmagan va noqonuniy joylarga tashlash bilan bog‘liq 9817 ta huquqbuzarlik qayd etildi. Ular Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining onlayn kuzatuv kameralarini o‘rnatish va doimiy kuzatuvlar olib borish ishchi guruhi tomonidan respublika bo‘ylab o‘rnatilgan IP-kameralari orqali aniqlangan.
Huquqbuzarliklar 3714 ta holatda transport vositalari hamda 6103 ta holatda fuqarolar tomonidan sodir etilgan.
Mazkur huquqbuzarliklar 2232 ta holatda tegishli tartibda jazoga tortilgan bo‘lib, yana 7585 ta holat chora ko‘rish bo‘yicha jarayonda turibdi.
Eng ko‘p huquqbuzarliklar quyidagi hududlarda sodir etilgan:
- Andijon viloyati — 3001 ta holat
- Namangan viloyati — 2937 ta holat
- Farg‘ona viloyati — 1645 ta holat.
Shuningdek,
- Samarqand viloyati — 981 ta holat
- Toshkent viloyati — 434 ta holat
- Surxondaryo viloyati — 250 ta holat
- Sirdaryo viloyati — 144 ta holat
- Toshkent shahri — 121 ta holat
- Xorazm viloyati — 117 ta holat
- Navoiy viloyati — 99 ta holat
- Qashqadaryo viloyati — 70 ta holat
- Jizzax viloyati — 16 ta holat
- Buxoro viloyati — 2 ta holat
Jarima belgilangan holatlar (2232 ta) bo‘yicha umumiy summa 956 million 887 ming so‘mni tashkil qiladi. Bu kabi kameralar nafaqat chiqindi tashlash, balki boshqa turdagi ekologik huquqbuzarliklarni ham aniqlash va chora ko‘rish imkonini beradi.









