Saytdan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma va atamalar ro‘yxati
Saytdagi bosh menyular soni 7 tani tashkil etib, ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Hokimiyat haqida – Quvasoy shahar hokimligi faoliyati, tashkilot tuzilmasi, shuningdek, rahbariyat, markaziy apparat, tizim tashkilotlari, jamoatchilik kengashlari, muvofiqlashtiruvchi va maslahat organlari hamda Xalq deputatlari shahar Kengashi tarkibi haqidagi ma’lumotlar.
Faoliyat – O‘zbekiston Respublikasining Davlat dasturlari ijrosi, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar hisobotlari, aloqa kanallari hamda sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
Davlat xizmatlari – Davlat xizmatlari yagona reyestriga kiritilgan xizmatlar arxivi, shahar hokimligining interaktiv xizmatlari, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
Hujjatlar – Quvasoy shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha tahliliy ma’lumotlar, Konstitutsiya, faoliyatga oid qonunlar va qarorlar, normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi, amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar hamda o‘z kuchini yo‘qotgan hujjatlar.
Ochiq ma’lumotlar – Ochiq ma’lumotlar portalida e’lon qilingan Quvasoy shahar hokimligi faoliyatiga oid ma’lumotlar, Iqtisodiyot va moliya vazirligining 3299-son buyrug‘i ijrosi bo‘yicha ochiq budjet ma’lumotlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyundagi PF-6247-son Farmonida nazarda tutilgan ochiq ma’lumotlar, ko‘p beriladigan savollar hamda sohalar bo‘yicha infografikalar.
Axborot xizmati – o‘tkazilishi rejalashtirilgan ommaviy tadbirlar rejalari, hokimlik faoliyati va hududda amalga oshirilayotgan ishlar haqidagi kundalik yangiliklar, rahbariyatning bayonotlari va nutqlari, voqealar taqvimi, matbuot anjumanlari va brifinglar, press-relizlar.
Bog‘lanish – korrupsiyaning oldini olish va qayta aloqa tizimlari, hokimlikka tegishli barcha telefon raqamlari ro‘yxati, forum va so‘rovnomalar.
