Quvasoy shahar hokimligi Axborot xizmati

Quvasoy shahar hokimligi Axborot xizmati
Bo‘lim ishi hokimlik va unga hisobdor idoralarning faoliyatini, shaharda sodir bo‘layotgan voqea-hodisalarni yoritishga hamda jamoatchilik bilan aloqalarni o‘rnatish va tashkilotning media bo‘shlig‘ida to‘g‘ri o‘rin egallashiga qaratilgan.
Axborot xizmatining ustuvor vazifalariga quyidagilar kiradi:
- Shahar hokimi tomonidan zamonaviy talablarga muvofiq belgilanadigan axborot siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etish;
- Keng jamoatchilikni hokimlik faoliyati, uning sohaga doir normativ-huquqiy hujjatlari toʻgʻrisida xolisona, sifatli va tezkor xabardor qilish;
- Ommaviy axborot vositalari bilan oʻzaro hamkorlik qilish, axborot xabarlarini (matbuot uchun axborotlar, byulletenlar va shu kabilarni) tarqatish, ommaviy tadbirlarni tashkil etish;
- Internet tarmogʻidagi veb-resurslarni, shu jumladan, ijtimoiy va mobil tarmoqlarni rivojlantirish;
- Axborot maydoni monitoringini olib borish va tahlil qilish, ularga munosabat bildirishning turlari, usullari va darajasi boʻyicha ekspertlar bilan birgalikda takliflar tayyorlash, OAV, shu jumladan, Internet tarmogʻida materiallar tarqatish boʻyicha kompleks ishlarni tashkil etish va boshqalar.
Quvasoy shahar hokimligi Axborot xizmati:
Telefon: 97 955 44 33
Elektron pochta: info@quvasoy.uz
Rasmiy veb-saytga axborotlarni joylashtirish va yangilash uchun javobgar shaxs:
Ahliddin Nishonboyev
Telefon: 97 955 44 33
Elektron pochta: info@fergana.uz
