Mahalla vakillari ishtirokida dolzarb masalalar muhokama qilindi
2026-11-19 16:00:00 / Yangiliklar

Unda shahar hokimi Zafarjon To‘raqulov, shahar prokurori Sardor Ahmadjonov, shahar IIB boshlig‘i Jahongir Xasanov hamda tegishli soha mas’ullari ishtirok etdi.
Yig‘ilish kun tartibidan biznes subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonlarini faollashtirish, mahalliy budjetga soliq tushumlari ijrosini ta’minlash, Vazirlar Mahkamasining 704-sonli qarori ijrosini tashkil etish masalalari o‘rin oldi.
Shuningdek, tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish, faoliyatini to‘xtatish hamda moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan korxonalarni davlat reyestridan chiqarish tartiblari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Bundan tashqari, mahallalarda obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish, mavjud muammolarni bartaraf etish va barcha yo‘nalishlarda belgilangan ko‘rsatkichlar ijrosini yaxshilash masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Yig‘ilish yakunida muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi hamda ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar berildi.









