Yashil makon sari yoshlar qadami
2026-11-19 14:00:00 / Yangiliklar
“Yoshlar kuni” hamda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Quvasoy shahrida ko‘chat ekish tadbiri tashkil etildi.

Unda viloyat Davlat xavfsizlik xizmati boshlig'i o'rinbosari R.Bobonazarov, shahar hokimi Zafarjon To‘raqulov hamda shahar Davlat xavfsizlik xizmati rahbar Z.Pulatov hamda yoshlar faol ishtirok etdilar.
Tadbir davomida shaharni asosiy ko‘chalari yo‘l yoqalarini ko‘kalamzorlashtirish, yashil maydonlarni kengaytirish va atrof-muhitni obodonlashtirish maqsadida ko‘chatlar ekildi.
Mazkur tashabbus yoshlarni ekologik jarayonlarga keng jalb etish, ularda tabiatga ehtiyotkorona munosabat va ekologik mas’uliyatni shakllantirishga xizmat qiladi.






