Yosh tadbirkorning stomatologiya faoliyatini boshlashiga ko‘maklashilmoqda
2026-11-19 13:00:00 / Yangiliklar
“Yoshlar kuni” doirasida yoshlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlarda bildirilgan murojaatlarni joyida o‘rganish va amaliy yordam ko‘rsatish ishlari davom etdi.

“Guliston” mahallasida yashovchi yosh tadbirkor Sardorbek Raimovning stomatologiya yo‘nalishida faoliyat boshlashi uchun zarur litsenziya olish masalasi o‘rganildi. Mas’ullar joyiga chiqqan holda tadbirkorning rejalari, faoliyatni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari va mavjud ehtiyojlari bilan tanishdilar.
O‘rganish davomida stomatologiya faoliyatini qonuniy asosda boshlash uchun zarur litsenziyani olish masalasini hal etish yuzasidan tegishli choralar belgilandi.
Bunday amaliy yondashuv yoshlarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, yangi xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlarini rivojlantirish va aholi uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.






