Yosh tadbirkorning gulchilik faoliyatini kengaytirish masalasi o‘rganildi
2026-11-19 12:00:00 / Yangiliklar

Xususan, “Bog‘bon” mahallasida yashovchi Jamshid Ubaydullayevning oilaviy gulchilik faoliyati bilan tanishildi. O‘rganish davomida tadbirkorning faoliyatini kengaytirish, qish mavsumida issiqxona qurish orqali yil davomida sifatli gullar yetishtirish uchun imtiyozli kredit olish masalasi joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
O‘rganish yakunida mas’ullarga tadbirkorga imtiyozli kredit ajratish, gullarni yetishtirish va sotish jarayonlarini tizimli yo‘lga qo‘yish hamda faoliyatni kengaytirish uchun zarur sharoitlarni yaratish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
Bunday amaliy muloqotlar yoshlarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash va yangi daromad manbalarini yaratishga xizmat qiladi.




