Bitiruvchilar uchun yangi ish imkoniyatlari
2026-10-29 12:00:00 / Yangiliklar
“Yoshlar kuni” doirasida Quvasoy shahridagi “Bunyodkor” yoshlar sanoat zonasida bitiruvchi yoshlar bandligini ta’minlashga qaratilgan mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Tadbir davomida Quvasoy shahar politexnikumi bitiruvchilariga mavjud bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot berilib, ularning kasbiy bilim va ko‘nikmalariga mos ish topishlariga ko‘maklashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Yoshlar “Hansae Mobility” korxonasi faoliyati, ishlab chiqarish jarayonlari hamda korxonadagi mehnat sharoitlari bilan yaqindan tanishtirildi.
Mazkur tashabbus yoshlarning mehnat bozoriga moslashuvi, kasbiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda bitiruvchilarni doimiy ish o‘rinlariga yo‘naltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.









