“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida voleybol musobaqasi o‘tkazildi
2026-10-29 10:00:00 / Yangiliklar
Haftaning payshanba kuni o‘tkazilayotgan “Yoshlar kuni” doirasida Quvasoy shahrida “Besh tashabbus olimpiadasi”ning qizlar o‘rtasida voleybol sport turi bo‘yicha hududiy bosqichi tashkil etildi.

Musobaqada Farg‘ona viloyati sport boshqarmasi vakillari, shahar hokimligi mas’ullari hamda umumta’lim maktablaridan tashrif buyurgan sportchi qizlar ishtirok etdi.
Mazkur musobaqa yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, xotin-qizlarni sportga keng jalb etish, ularning jismoniy salohiyatini oshirish hamda iqtidorli sportchilarni aniqlashga qaratildi.
Qizg‘in va murosasiz bahslarga boy o‘tgan bellashuvlarda ishtirokchilar o‘z mahorati, jamoaviy hamjihatligi va g‘alabaga bo‘lgan intilishlarini namoyon etdilar.









