5000 qadamdan sport maydoniga: sog‘lom hayot sari amaliy mashg‘ulotlar davom etdi
2026-10-29 08:30:00 / Yangiliklar
Quvasoy shahrida “Yoshlar kuni” doirasida tashkil etilgan “Sog‘lom hayot sari 5000 qadam” yurish marafoni ishtirokchilari sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga qaratilgan tadbirlarni 1-son sport maktabida davom ettirdilar.

Sport murabbiylari rahbarligida ishtirokchilar salomatlikni mustahkamlash, jismoniy faollikni oshirish hamda chiniqishga qaratilgan badantarbiya mashqlarini bajardilar.
Ishtirokchilar turli sport normativlarini bajarish orqali o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, chidamliligi va epchilligini sinovdan o‘tkazdilar.
Mazkur tadbir aholi o‘rtasida sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish, sog‘lom turmush tarzini keng ommalashtirish hamda barcha yoshdagi fuqarolarni muntazam jismoniy faollikka jalb etishga xizmat qiladi.









