5000 qadam — sog‘lom hayot va yorqin kelajak sari
2026-10-29 08:00:00 / Yangiliklar

Shahar hokimligi, Ichki ishlar bo‘limi, Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi, Tibbiyot birlashmasi, Yoshlar ishlari agentligi, “Vatanparvar” tashkiloti hamda 1-2-son sport maktablari tashabbusi bilan o‘tkazilgan tadbirda nuroniylar, yoshlar va keng jamoatchilik vakillari faol ishtirok etdi.
Marafon avvalida mutasaddilar tomonidan giyohvandlik va psixotrop moddalarning inson salomatligi, ruhiyati va kelajagiga salbiy ta’siri haqida tushuntirishlar berildi. Aholini sog‘lom hayot tarziga amal qilishga, sport bilan muntazam shug‘ullanishga va zararli odatlardan yiroq bo‘lishga chaqirildi.
5000 qadamlik yurish marafoni nafaqat jismoniy faollikni oshirish, balki turli avlod vakillarini ezgu maqsad atrofida birlashtirish, jamiyatda sog‘lom hayot madaniyatini mustahkamlashga xizmat qildi.
Zero, sog‘lom turmush tarzi — sog‘lom avlod, farovon jamiyat va buyuk kelajak poydevoridir!









