Fuqarolar murojaatlari amaliy yechimlar sari
2026-10-19 14:00:00 / Fuqarolar qabuli

Qabul davomida fuqarolar tomonidan turli masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Xususan, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, investitsiya loyihalarini amalga oshirish, kredit va subsidiyalar, bandlikni ta’minlash, davlat dasturlari doirasidagi imkoniyatlar hamda boshqa iqtisodiy masalalar ko‘rib chiqildi.
Har bir murojaat atroflicha tinglanib, amaldagi qonunchilik asosida huquqiy tushuntirishlar va amaliy tavsiyalar berildi. Qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan murojaatlar yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga aniq topshiriqlar berilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.
Fuqarolar bilan o‘tkazilayotgan bunday shaxsiy qabullar aholini qiynayotgan masalalarni o‘z vaqtida aniqlash, ularni qonuniy va samarali hal etish, shuningdek, davlat organlari hamda fuqarolar o‘rtasidagi ochiq muloqotni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.


