Xalq bilan muloqot — muammolar yechimining muhim omili
2026-10-17 11:00:00 / Yangiliklar

Sayyor qabulda shahar hokimi o‘rinbosarlari, tijorat banklari rahbarlari hamda tegishli korxona va tashkilotlar mas’ullari ishtirok etdi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan tibbiy muolaja olish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish uchun imtiyozli kreditlar ajratish, ishga joylashish, kommunal xizmatlar bilan bog‘liq muammolarni hal etish hamda boshqa ijtimoiy-iqtisodiy masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.
Shahar hokimi har bir fuqarolar ko‘targan masalalarni tegishli soha mas’ullari bilan birgalikda muhokama qildi. Muammolarning kelib chiqish sabablari o‘rganilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.
Murojaatlarning ko‘p qismi joyning o‘zida ijobiy hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish, muayyan muddat va tegishli hujjatlar talab etiladigan masalalar esa mas’ul tashkilotlar rahbarlariga biriktirilib, ijrosi qat’iy nazoratga olindi.









