Tadbirkorlik istagidagi yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
2026-10-15 12:00:00 / Yangiliklar

Unda shahar hokimi o‘rinbosarlari Abduqahhor Qodirov va Alisher Mamajonov mehnat bozoriga yangi kirib kelgan hamda o‘z tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan yoshlar bilan uchrashdi.
Muloqot davomida yoshlarning biznes g‘oyalarini amalga oshirish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun imtiyozli kreditlardan foydalanish, kasb-hunar o‘rganish va doimiy daromad manbaiga ega bo‘lish bilan bog‘liq murojaatlari tinglandi.
Mas’ullar tomonidan yoshlarga tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, bandlikni ta’minlash va kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish borasida yaratilayotgan imkoniyatlar yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Uchrashuvda bildirilgan har bir murojaat alohida nazoratga olinib, ularning ijrosini ta’minlash yuzasidan choralar belgilandi.
Mazkur uchrashuv yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularni iqtisodiy faollikka undash hamda bandligini ta’minlash yo‘lidagi amaliy ishlardan biri bo‘ldi.









