Giyohvandlikka qarshi kurash — barchamizning burchimiz!
2026-10-15 10:50:00 / Yangiliklar

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PF–207-son Farmoni bilan tasdiqlangan Milliy dastur ijrosini ta’minlash maqsadida Farg‘ona viloyatida 2026-yil oktabr oyida o‘tkazilayotgan “Yoshlar orasida giyohvandlik va psixotrop moddalarning tarqalishiga qarshi kurashish” keng qamrovli tezkor-profilaktik oyligi doirasida tadbir ishtirokchilari bilan tushuntirish ishlari olib borildi.
Targ‘ibot davomida shahar hokimligi va huquq-tartibot idoralari vakillari tomonidan giyohvandlik vositalari hamda psixotrop moddalarning inson salomatligi, ruhiyati va kelajagiga salbiy ta’siri, ularning noqonuniy muomalasi bilan bog‘liq huquqbuzarliklar uchun belgilangan huquqiy javobgarlik yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, yoshlarni zararli illatlardan asrash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sog‘lom turmush tarziga amal qilish hamda turli salbiy ta’sirlarga qarshi mustahkam immunitetni shakllantirish muhimligi ta’kidlandi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga giyohvandlikning ayanchli oqibatlarini aks ettiruvchi ko‘rgazmali va targ‘ibot materiallari tarqatildi.
Mazkur profilaktik tadbir yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularni giyohvandlik va boshqa zararli illatlardan ogoh etish hamda sog‘lom va xavfsiz hayotga bo‘lgan intilishini mustahkamlashga xizmat qildi.



