“Vatan tayanchi” — yurtga sadoqat va jasorat timsoli
2026-10-15 10:30:00 / Yangiliklar

Unda shahar hokimligi, huquq-tartibot idoralari rahbarlari, Yoshlar ishlari agentligi va ta’lim sohasi vakillari, o‘quvchi-yoshlar hamda ota-onalar ishtirok etdi.
Tadbirda so‘zga chiqqan mas’ullar mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama barkamol, jasur, mard va vatanparvar insonlar etib tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladilar. Shuningdek, “Vatan tayanchi” harakati yosh avlodning Vatan oldidagi mas’uliyatini oshirish, ularda harbiy-vatanparvarlik fazilatlarini shakllantirish hamda yurt tinchligi va osoyishtaligini qadrlash tuyg‘ularini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etishini qayd etdilar.
Shundan so‘ng safga qabul qilingan yoshlarga “Vatan tayanchi” bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakatining emblemalari tantanali ravishda topshirildi.
Mazkur tadbir yoshlar qalbida milliy g‘urur, vatanparvarlik va yuksak mas’uliyat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.









