Bitiruvchi yoshlar bandligi: muammolardan amaliy yechimlar sari
2026-10-08 10:00:00 / Yangiliklar

Shahar hokimi Zafarjon To‘raqulov Yuqori Mo‘yan mahallasida bitiruvchi yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazib, ularning kelgusidagi rejalari, kasbiy qiziqishlari va bandlik masalalarini atroflicha o‘rgandi.
Uchrashuvda “E-Yoshlar” elektron platformasi orqali bitiruvchilarning bandlik holati, ta’lim olishi, kasbiy qiziqishlari va ehtiyojlarini aniqlash maqsadida xatlov ishlari olib borilayotgani ko‘zdan kechirildi.
Ochiq muloqot davomida shahar hokimi yoshlarning har biri bilan individual suhbatlashib, ularning taklif va tashabbuslarini tingladi. Bildirilgan istak va ehtiyojlardan kelib chiqib, yoshlarni ishga joylashtirish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash hamda xonadonlarda qo‘shimcha daromad manbalarini yaratish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.
Uchrashuv yakunida yoshlar tomonidan ko‘tarilgan masalalar yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatish va ularning bandligini ta’minlashga qaratilgan manzilli ishlarni davom ettirishga kelishib olindi.









