Davlat tiliga ehtirom — milliy o‘zlikka hurmat
2026-10-08 09:00:00 / Yangiliklar

Unda shahar hokimining maslahatchisi Xusniddin Xo‘janazarov, Farg‘ona davlat universiteti professori, shoir, “Do‘stlik” ordeni sohibi Siddiq Mo‘min, O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufning talabalik davridagi do‘sti, ijodkor Mamirjon Madmusayev hamda o‘qituvchi va o‘quvchilar ishtirok etdilar.
Tadbirda ona tilimiz xalqimizning ko‘p asrlik tarixi, boy ma’naviy merosi va bebaho qadriyatlarini mujassam etgan ulug‘ ne’mat ekani ta’kidlandi. Uning davlat tili sifatidagi nufuzini yuksaltirish, sofligini asrash va kelajak avlodga munosib yetkazish har birimizning burchimiz ekaniga e’tibor qaratildi.
Uchrashuv davomida Siddiq Mo‘minning “Tanlangan asarlar” va “Vatanim solnomasi” kitoblari taqdimoti o‘tkazildi. O‘quvchilar ona tilimizni madh etuvchi she’rlar va maqollar aytib, tadbirga o‘zgacha ko‘tarinkilik bag‘ishladilar.
Tadbir yoshlarning adabiyotga qiziqishini oshirish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish hamda ona tiliga hurmat tuyg‘usini mustahkamlashga xizmat qildi.









