Fuqarolar murojaatlari amaliy yechimlar bilan hal etilmoqda
2026-09-29 14:00:00 / Fuqarolar qabuli
Quvasoy shahar hokimi Zafarjon To‘raqulov tomonidan navbatdagi shaxsiy qabul o‘tkazildi.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan moddiy yordam, tibbiy muolaja, kommunal xizmatlar hamda boshqa ijtimoiy masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Har bir murojaat shahar hokimi tomonidan atroflicha tinglanib, ularni amaldagi qonunchilik asosida hal etish yuzasidan tegishli mutasaddilarga zarur topshiriqlar berildi.
Murojaatlarning ayrimlari joyning o‘zida ijobiy hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish va vaqt talab etadigan masalalar esa tegishli tashkilotlarga ijro uchun yo‘naltirilib, ularning ijrosi qat’iy nazoratga olindi.
