Yangi o‘quv yiliga yangi marralar bilan
2026-09-02 09:30:00 / Yangiliklar
Quvasoy shahridagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida yangi o‘quv yilining ilk kuni bayramona kayfiyatda boshlandi. Ta’lim maskanlarida tashkil etilgan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari o‘quvchi-yoshlar, ustozlar va ota-onalarni bir davraga jamladi.

Tantanali tadbirlarda Vatanga muhabbat, bilimga intilish, ustozga hurmat va yosh avlodning kelajagi bilan bog‘liq ezgu tilaklar yangradi.
Yangi o‘quv yilini katta orzu va maqsadlar bilan qarshi olgan o‘quvchilar uchun maktablarda barcha sharoitlar yaratilib, ularning sifatli ta’lim olishi va salohiyatini ro‘yobga chiqarish ustuvor vazifa ekanligi ta’kidlandi.
Birinchi qo‘ng‘iroq sadolari bilan Quvasoy maktablarida yana bir yangi bilim va izlanishlar mavsumiga start berildi.









