Quvasoy shahrida yoshlar va fuqarolar qabuli o‘tkazildi
2026-08-14 10:00:00 / Fuqarolar qabuli
Quvasoy shahridagi 10-umumiy o‘rta ta’lim maktabida shahar hokimining o‘rinbosari Alisher Mamajonov tomonidan yoshlar hamda fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi.

Qabul davomida 10 nafardan ortiq fuqarolar ishtirok etib, o‘zlarini qiynayotgan masalalar, taklif va murojaatlari bilan murojaat qildilar. Fuqarolarning murojaatlari mas’ullar tomonidan atroflicha tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli tushuntirish va tavsiyalar berildi.
Murojaatlarning 4 tasi joyida ijobiy hal etildi. Qolgan murojaatlar esa qo‘shimcha o‘rganish hamda muayyan muddat talab qilgani sababli nazoratga olindi.
Qabul davomida bildirilgan murojaatlarning har biri alohida nazoratga olinib, ularning qonuniy va ijobiy yechimini ta’minlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.






