Quvasoyda avtomobil ehtiyot qismlarini ishlab chiqarish loyihasi jadal sur’atlarda davom etmoqda
2026-08-13 11:00:00 / Yangiliklar
Shahar hokimi Zafarjon To‘raqulov “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasining Quvasoy filialida Koreya Respublikasining “Hansae Mobility” kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan korxona qurilishi jarayoni bilan tanishdi.

Qiymati 30 million AQSh dollariga teng bo‘lgan mazkur investitsiya loyihasi doirasida avtomobil ehtiyot qismlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Korxonada dastlabki bosqichda 120 ta, umumiy hisobda esa 200 tadan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratish rejalashtirilgan. Loyihani 2026-yilda ishga tushirish ko‘zda tutilgan.
Shahar hokimi qurilish ishlari jarayoni bilan tanishib, loyihani belgilangan muddatlarda hamda yuqori sifat bilan yakunlash yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berdi.









