Migratsiyadagi yoshlar bilan onlayn muloqot
2026-08-13 14:00:00 / Fuqarolar qabuli
Quvasoy shahar hokimi Zafarjon To‘raqulov Yoshlar kuni doirasida xorijda mehnat qilayotgan va tahsil olayotgan yoshlar bilan onlayn muloqot o‘tkazdi.

Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuv davomida yoshlarning yashash sharoitlari, ta’lim olish imkoniyatlari, sog‘ligi, bandligi hamda daromad manbalari haqida atroflicha suhbatlashildi. Har bir yoshning holatiga alohida e’tibor qaratilib, ularning fikr va takliflari tinglandi.
Muloqot jarayonida shahar hokimi chet elda bo‘lib turgan yoshlar duch kelishi mumkin bo‘lgan muammolar yuzasidan doimiy yordam ko‘rsatishga tayyor ekanini ta’kidladi.
Muloqot davomida mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar, ularni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan davlat siyosati, ayniqsa, Prezidentimiz tomonidan yoshlar masalasiga qaratilayotgan alohida e’tibor haqida ham batafsil ma’lumot berildi.






