Issiqxona xo‘jaliklari aholi farovonligiga xizmat qilmoqda
2026-08-06 19:10:00 / Yangiliklar
Quvasoy shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Abduqahhor Qodirov Isfayramsoy mahallasida aholi daromadlarini oshirish, oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda tomorqa xo‘jaliklarining samaradorligini oshirishga qaratilgan ishlar bilan tanishdi.

Tashrif davomida issiqxona sharoitida limon yetishtirib, ushbu yo‘nalish orqali barqaror daromad olayotgan xonadon faoliyati o‘rganildi. Issiqxonada yaratilgan sharoitlar, parvarishlash ishlari, hosildorlikni oshirish bo‘yicha qo‘llanilayotgan tajribalar hamda mahsulotni realizatsiya qilish jarayonlari yuzasidan suhbatlashildi.
O‘rganish davomida limonchilik yuqori daromad keltiradigan va yil davomida aholi bandligini ta’minlashga xizmat qiladigan istiqbolli yo‘nalishlardan biri ekani qayd etildi. Shu bois mahallalarda bu kabi tajribalarni kengaytirish, tomorqa va issiqxona maydonlaridan oqilona foydalanish orqali oilalar iqtisodiy barqarorligini mustahkamlash muhimligi ta’kidlandi.




