Tomorqa va issiqxonalardan samarali foydalanish masalalari o‘rganildi
2026-08-06 19:00:00 / Yangiliklar
Quvasoy shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Abduqahhor Qodirovning Isfayramsoy mahallasidagi o‘rganishlari davomida hududda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari ko‘zdan kechirildi.

Xususan, mahalla hududini yanada obod va ko‘rkam qilish, sanitariya holatini yaxshilash hamda aholi uchun qulay muhit yaratish borasida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi. Shuningdek, mahalla qabristonida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari ham ko‘zdan kechirilib, hududni ozoda saqlash, tartibga keltirish va ziyoratchilar uchun qulay sharoitlar yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.




