Xitoy investorlari bilan istiqbolli hamkorlik masalalari muhokama qilindi
2026-07-30 16:00:00 / Yangiliklar
Quvasoy shahar hokimi Zafarjon To’raqulov Xitoyning Xebey provinsiyasidan tashrif buyurgan investorlar delegatsiyasini qabul qildi.

Uchrashuv davomida mehmonlarga Quvasoy shahridagi Erkin iqtisodiy zona hududida amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan investitsiya loyihalari, mavjud infratuzilma hamda investorlar uchun yaratilgan qulay sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Muzokaralar chog‘ida logistika, qurilish materiallari ishlab chiqarish hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish yo‘nalishlarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish istiqbollari muhokama qilindi. Tomonlar o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish, investitsiyaviy aloqalarni kengaytirish va hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan fikr almashdilar.
Mazkur uchrashuv Quvasoy shahrining investitsiyaviy jozibadorligini yanada oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda hudud iqtisodiyotini rivojlantirishga xizmat qiladigan istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlarini belgilashda muhim qadam bo‘ldi.




