Yosh tibbiyot xodimlari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
2026-07-16 10:00:00 / Yangiliklar
Yoshlar kuni doirasida Quvasoy shahar hokimi Zafarjon To‘raqulov shahar tibbiyot birlashmasida faoliyat yuritayotgan yosh tibbiyot xodimlari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Samimiy ruhda kechgan uchrashuv davomida yosh tibbiyot xodimlarining taklif va tashabbuslari tinglanib, sog‘liqni saqlash sohasini yanada rivojlantirish, xizmatlar sifatini oshirish hamda yosh mutaxassislar uchun yaratilayotgan imkoniyatlarni kengaytirishga oid fikr-mulohazalar muhokama qilindi. Bildirilgan tashabbuslar shahar hokimi tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
Muloqot davomida Zafarjon To‘raqulov yosh tibbiyot xodimlari o‘z ustida muntazam ishlashi, kasbiy bilim va malakasini oshirib borishi zarurligini ta’kidladi. Shuningdek, ularning aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, fuqarolar salomatligini mustahkamlash hamda kasalliklarni erta aniqlash va oldini olishdagi o‘rni beqiyos ekanini alohida qayd etdi.
Ochiq muloqot yosh tibbiyot xodimlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning fikr va tashabbuslariga e’tibor qaratish hamda sohada amalga oshirilayotgan islohotlarda faol ishtirok etishga undashga xizmat qildi.









