Jazirama kunlarda daraxt va ko‘chatlarni sug‘orish ishlari kuchaytirildi
2026-07-15 09:00:00 / Yangiliklar
Bugungi jazirama kunlarda shahar hududidagi daraxt va ko‘chatlarni parvarishlash maqsadida maxsus texnikalar sug‘orish ishlariga jalb etildi.

Mazkur ishlar orqali daraxtlar va manzarali o‘simliklarni yozning issiq kunlarida barqaror saqlash, ularning sog‘lom o‘sishi hamda yashil hududlarni asrab-avaylash ko‘zda tutilgan. Shuningdek, havo haroratining yuqori bo‘lishi sababli shahar ko‘chalariga ham suv sepilib, atrof-muhitni salqinlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish bo‘limi hamda Obodonlashtirish boshqarmasi rahbar va xodimlariga daraxt va ko‘chatlarni ertalabki salqin paytda yoki kechki vaqtda muntazam sug‘orish zarurligi ta’kidlandi. Shu bilan birga, yashil hududlarni saqlash va parvarishlash ishlarini tizimli tashkil etish yuzasidan mas'ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Yashil makonlarni asrash va obodonlashtirish ishlari shahar bo‘ylab izchil davom ettirilmoqda.




