Yoshlar va ijtimoiy soha masalalari yuzasidan fuqarolar qabuli o‘tkazildi
2026-07-10 10:00:00 / Fuqarolar qabuli
Quvasoy shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Alisher Mamajonov tomonidan navbatdagi shaxsiy qabul o‘tkazildi.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan yoshlar siyosati, ta’lim, sog‘liqni saqlash masalalari yuzasidan murojaatlar bildirildi.
Har bir murojaat batafsil tinglanib, amaldagi qonunchilik asosida huquqiy tushuntirishlar va zarur tavsiyalar berildi. Murojaatlarning aksariyati ijobi yechim topgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan murojaatlar tegishli mutasaddi tashkilotlarga yo‘naltirilib, ijrosi nazoratga olindi.


