Fuqarolar murojaatlari doimiy e’tiborda
2026-06-30 13:00:00 / Fuqarolar qabuli
Quvasoy shahar hokimining o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Nigoraxon Ubaydullayeva tomonidan navbatdagi shaxsiy qabul o‘tkazildi.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan oila, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy himoya, bandlik, tadbirkorlikni rivojlantirish, uy-joy, moddiy yordam hamda boshqa ijtimoiy masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.
Har bir murojaat batafsil tinglanib, amaldagi qonunchilik asosida huquqiy tushuntirishlar va zarur tavsiyalar berildi. Qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan masalalar yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga topshiriqlar berilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.
Shaxsiy qabullar orqali fuqarolarning muammo va takliflarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularni qonuniy hal etish hamda aholi bilan ochiq va samarali muloqotni ta’minlash ishlari izchil davom ettirilmoqda.

