Shahar prokurori yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
2026-07-09 14:00:00 / Yangiliklar
Yoshlar kuni munosabati bilan Quvasoy shahar prokurori Sardor Ahmadjonov 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib, o‘quvchi-yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Samimiy ruhda kechgan uchrashuv davomida yoshlarning fikr va mulohazalari, tashabbus hamda takliflari tinglanib, ularning kelgusidagi maqsad va rejalari yuzasidan suhbatlashildi.
Muloqot jarayonida yoshlar o‘rtasida psixotrop moddalar va giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq huquqbuzarlik hamda jinoyatlarning oldini olish, ularning inson salomatligi va kelajagiga salbiy ta’siri, shuningdek, yoshlarni turli yot g‘oyalar va zararli odatlardan asrash masalalari yuzasidan ham tushuntirish ishlari olib borildi.
Shundan so‘ng, maktabda tashkil etilgan “Zakovat” intellektual o‘yining g‘oliblari aniqlanib, taqdilandilar.






