“Ichki ishlar vaziri kubogi” voleybol musobaqasi g‘oliblari aniqlandi
2026-07-02 16:00:00 / Yangiliklar
Quvasoy shahrida Yoshlar kuni munosabati bilan “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida tashkil etilgan voleybol bo‘yicha “Ichki ishlar vaziri kubogi” musobaqasi o‘z yakuniga yetdi. Musobaqada shaharning 31 ta mahallasidan shakllantirilgan jamoalar g‘oliblik uchun o‘zaro bellashdilar.

Musobaqaning taqdirlash marosimida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati, Quvasoy shahar Davlat xavfsizlik xizmati rahbari, shahar Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Jahongir Xasanov hamda shahar hokimi o‘rinbosari Alisher Mamajonov ishtirok etdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, 16–21 yosh toifasidagi qizlar o‘rtasida:
🥇Polmon MFY jamoasi 1-o‘rinni;
🥈Ziynat MFY jamoasi 2-o‘rinni;
🥉Valik MFY jamoasi esa 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
16–21 yosh toifasidagi yigitlar bahslarida:
🥇Pastki Valik MFY jamoasi 1-o‘rinni;
🥈Valik MFY jamoasi 2-o‘rinni;
🥉Mirzo Ulug‘bek MFY jamoasi esa 3-o‘rinni egalladi.
22–30 yosh toifasidagi ayollar o‘rtasida:
🥇Pastki Valik MFY jamoasi 1-o‘rinni;
🥈Nayman MFY jamoasi esa 2-o‘ringa sazovor bo‘ldi.
22–30 yosh toifasidagi erkaklar bahslarida:
🥇Pastki Valik MFY jamoasi 1-o‘rinni;
🥈Kokilon MFY jamoasi 2-o‘rinni;
🥉Mirzo Ulug‘bek MFY jamoasi 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Taqdirlash marosimida g‘olib va sovrindorlarga tashakkurnomalar hamda esdalik sovg‘alari topshirildi. Mutasaddilar jamoalarni erishilgan yutuqlar bilan tabriklab, viloyat bosqichida ham ularga omad va muvaffaqiyat tiladilar.









