Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiya tomonidan nazorat tadbiri amalga oshirildi
2026-05-20 14:00:00 / Yangiliklar

Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va tegishli tashkilot rahbarlari ishtirokida hududlarda o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganishlar Mahalliy Kengash deputati faoliyatining 24 ta eng muhim yo‘nalishining 20-bandi hamda tasdiqlangan kunlik ish rejasi asosida “Namuna” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida tashkil etildi.
Shuningdek, “Namuna” MFY “yettilik” a’zolari tomonidan amalga oshirilgan ishlar muhokama qilinib, mavjud muammolarni bartaraf etish, aholi bilan manzilli ishlash, profilaktika choralarini yanada kuchaytirish hamda huquqbuzarliklarning oldini olish yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berildi.
Bunday hamkorlikdagi o‘rganishlar hududlarda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.



