Quvasoy shahrida yirik investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda
2026-05-12 15:00:00 / Yangiliklar
Bunyodkor MFY hududida joylashgan “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasining Quvasoy filialida yangi investitsiya loyihasi ishga tushirilmoqda.

Mazkur loyiha “FERGHANATELTEKS” MChJ tomonidan turkiyalik investorlar hamkorligida amalga oshirilib, unda ingichka tolali kabellar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Umumiy qiymati 25 million AQSH dollarini tashkil etuvchi loyiha doirasida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish rejalashtirilgan.
Quvasoy shahar hokimi Zafarjon To‘raqulov loyiha hududida bo‘lib, qurilish ishlari jarayoni bilan tanishdi. Shuningdek, investorlar bilan suhbat o‘tkazib, loyihani belgilangan muddatlarda va sifatli yakunlash muhimligini ta’kidladi.




